Fergyuson: "Men MYUdaligimda jamoada faqat to'rt nafar jahon darajasidagi futbolchi bor edi"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2015, 14:47
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson uning qo'l ostida qanday futbolchilar o'ynagani haqida so'zlab berdi.

"Kitobimda hozir jahon darajasidagi faqat ikki futbolchi o'ynayotganini yozganman: Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Men MYUda o'ynagan boshqa yaxshi futbolchilarni kamsitmoqchi yoki tanqid qilmoqchi emasman, ammo ularning faqat to'rt nafari jahon darajasida edi: Erik Kantona, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Krishtianu Ronaldu.

Ularning orasida Ronaldu archaning ustidagi yulduzcha edi" - deydi Fergyuson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com