

“Devid Bekxem, Frenk Lempard, Ueyn Runi, Stiven Jerrardning AQSHga yo'l olganlarini kuzatish ajoyib edi. Faoliyatini yakunlash, jumladan, oson yirik mablag' qo'lga kiritish uchun yaxshi variant. Ular bunga o'zlarining yorqin faoliyati evaziga erishishdi. Matbuotda esa salbiy sharhlar bo'lmagandi.
Ammo gap Saudiya Arabistoni haqida bo'lsa, unda buni sharmandalik, qayg'u, nimaligi aniq tushunmay qabul qilishmoqda. Krishtianu xotirjam kyetib, yashasin, zavqlansin, yaqinlari davrasida yangi madaniyat bilan tanishsin. Bu esda qolarli sarguzasht bo'ladi”, deydi Ferdinand.



