Ferdinand o'zini APL tarixidagi eng zo'r himoyachi deb atadi, Terri esa unga javob qaytardi

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2022, 08:24
Rio Ferdinand o'zini APL tarixidagi eng zo'r himoyachi deb atadi.

MYU sobiq futbolchisiga uning o'zi, Toni Adams, Sol Kempbell, Rikardu Karvalyu, Vensan Kompani, Yap Stam, Sami Xyuyupya, Jon Terri, Virjil van Deyk va Nemanya Vidich variantlari berildi. 

Ferdinand o'zidan keyin ikkinchi o'ringa Vidich, uchinchi pog'onaga van Deyk va Stamni joylashtirdi. 

Beshinchi o'ringa qo'yilgan Terri esa Instagramda bunga quyidagicha munosabat bildirdi: "Fikr albatta ajoyib, ammo statistika aldamaydi".

U storizga o'zi erishgan yutuqlar aks etgan posterlarni ham joylashtirgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru