Ferdinand MYUning murabbiylar shtabiga kirmoqchi

Eldor Akmurzayev
20 yanv 2021, 20:00
“Qizil iblislar” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “Manchester Yunayted” ustozi Ole Gunnar Sulsherning assistentiga aylanish niyatida.

“Ha, albatta, bu menda qiziqish uyg'otgan. Barchasi oddiy, “Manchester Yunayted”ni yaxshi ko'raman. Nimani nazar tutmoqchiligimni tushundingizmi? “Manchester Yunayted”ga o'tib, u yerda 12 yildan ortiq o'ynashing – bu klubni sevib qolmaslikning ilojisi yo'qligini anglatadi. Shu tufayli klubdagi har qanday lavozimda ishlash imkoniyatini ko'rib chiqardim, chunki uni sevaman.

Bu qanday lavozim bo'lishini bilmayman, ammo agarda imkon tug'ilgan taqdirda, ha, muzokaralar va shu kabi kelishuvlar uchun ochiq bo'lardim”, deydi Ferdinand.

Eslatib o'tamiz, hozirda Sulsherning murabbiylar shtabida “qizil iblislar” sobiq a'zolari Maykl Kerrik va Darren Fletcher ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Stretford Paddock