Ferdinand Koutinoning "Manchester Yunayted"ga kerak emasligi sababini aytdi

Mirjalol Normatov
23 mar 2020, 21:49
"Manchester Yunayted" futbolchisi Rio Ferdinand "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni APLga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Koutino "Liverpul"da ajoyib o'ynagandi. Jamoadan ketganidan keyin esa uning oldingi holatini ko'rmadik. "Barselona"da unga oson bo'lmadi, bor kuchini u moslashishga sarfladi. "Bavariya"dagi o'yinlari esa odamni ajablantirmadi.

Ajoyib futbolchi, yuqori iqtidor. Uni qutqarish kerak. APLga qaytarish uni qutqarish bilan teng bo'ladi. Biroq u "Manchester Yunayted"ga o'tmasligi kerak. Chunki hozir jamoada Brunu Fernandesh bor.

U "Tottenxem"ni kuchaytira oladi. 100 foiz! U ham Son, Alli kabi ajoyib futbolchi. "Arsenal"? Ularda O'zil bor. Uning o'yinlari menga yoqadi. Faqatgina undan to'g'ri foydalanish kerak.

Har bir futbolchi o'zining chegarasi doirasida o'yin ko'rsata oladi. U "Manchester Siti" yoki "Liverpul" darajasida emas.

U MYUga o'tadimi? Yo'q, "Liverpul" futbolchisi endi MYUga o'tmaydi. Klublar o'rtasida katta raqobat bor", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal