Ferdinand APLdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
23 okt 2019, 22:27
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterlingning o'yinlariga baho berdi.

"Ayni damda Sterling dunyoning eng kuchli besh futbolchilari qatoriga kiradi. Bu borada shubha yo'q. Qarang, u jamoasi uchun qanchadan qancha gollar urib, o'zini ko'rsatyapti! Uni APLning eng yaxshi futbolchisi deb atash mumkin deb o'ylayman. Rahimdagi barcha hislat menga yoqadi", - dedi Ferdinand.

24 yoshli Sterling ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 13 o'yinda 12 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail