"Fenerbaxche"ga yangi murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2022, 19:02
Ismoil Kartal oradan 8 yil o'tib klubga qaytdi.

60 yoshli mutaxassis mavsum so'ngiga qadar Istanbul klubini boshqarib boradi.

Kartal shu paytgacha futbolchi sifatida jamoa sharafini himoya qilgan va 2 karra Turkiya chempioniga aylangan. Shuningdek, yordamchi murabbiy va bosh murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Istanbul jamoasi uning qo'l ostida Turkiya superkbogi-2014 sohibi bo'lgan.

Oldinroq "Fenerbaxche" bosh murabbiy Vitor Pereyra bilan xayrlashgan edi. Jamoa hozir musobaqa jadvalida 5-pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fenerbahce.org