"Fenerbaxche" qachon O'zilning transferini e'lon qiladi?

Alisher
23 yanv 2021, 18:23
Istanbulning "Fenerbaxche" klubi prezidenti Ali Koch yarim himoyachi Mesut O'zilning transferi qachon e'lon qilinishini aytdi.

"O'zilda jarohat yo'q, u bilan hammasi joyida. Mesut ayni damda karantinda, shundan so'ng bitim imzolaymiz.

Agar hammasi reja bo'yicha ketsa, klub uning transferini seshanba kuni e'lon qiladi", - deydi rahbar.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Mesut O'zilning "Arsenal"dan "Fenerbaxche"ga o'tishi aniq bo'lib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: NTVSpor