

Bu haqda "Fotomaç" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Fenerbaxche" Karim Benzemani jamoaga qo'shilishga ko'ndirishga harakat qiladi. 37 yoshli hujumchi bilan bitim tuzish uchun klub umidlarni oqlay olmagan hujumchisi Jon Duranni qurbon qilishga tayyor.
Benzema ushbu mavsum 4 o'yinda 3 ta to'p kiritdi. Fransiyalik futbolchining "Al Ittihod" bilan amaldagi kelishuvi kelasi yozda yakuniga etadi.



