"Fenerbaxche" Gyulyerdan g'azablandi. Klub bir sabab tufayli futbolchini "Real"ga emas, "Barselona"ga sotmoqchi edi

Оқил Абдубарноев
7 iyul 2023, 00:47
"Real" va "Fenerbaxche" Gyulerning 20+10 million evrolik transferi bo'yicha kelishib oldi.

Manbaga ko'ra, yigitga bugun Ispaniya poytaxtiga yo'l oladi.

Xabaringiz bor, “Barselona” ham yarim himoyachiga jiddiy da'vogarlik qilgandi. Manbaning xabariga ko'ra, Arda boshqa klublar e'tiborini tortgach, Madrid klubi futbolchining transferini tezlashtirgan.

Qayd etilishicha, Gyulerning Madridga ko'chib o'tishi "Fenerbaxche"ning rejalarini barbod qildi. Turk klubi yosh futbolchini "Real"dan ko'ra "Barsa"ga sotishni afzal ko'rgandi.

Gap shundaki, "blaugrana" futbolchini joriy mavsum "Fenerbaxche"da ijaraga qoldirishni rejalashtirgan. “Qirollik klubi” esa Ardani hozirdanoq jamoada ko'rmoqchi. “Qaymoqranglilar” yarim himoyachining boshqa klubga ijaraga o'tishini istisno qilmayapti.

Shu tariqa, yigitchaning "Real"ga o'tishi "Fenerbaxche"ni zudlik bilan uning o'rniga o'rinbosar izlashga majbur qilmoqda. Bu esa Istanbul klubining rejalariga umuman to'g'ri kelmasdi.

Qolaversa, “Fenerbaxche” prezidenti Ali Koch “Barselona” bilan biznes hamkorligi mavjud edi. Turk 2022 yilgacha "Barsa" homiysi bo'lgan Beko kompaniyasini boshqargan. 

Koch Gyulyerdan "Barselona"ni emas, "Real Madrid"ni tanlagani uchun g'azablangan. Manbaning qo'shimcha qilishicha, transfer bo'yicha yakuniy qarorni futbolchining o'zi qabul qilgan, shuning uchun “Fenerbaxche” uni “qaymoqranglilar”ga sotishga majbur bo'lgan.

Koch kelishuv yakunlangach, Gyulerning transferi tafsilotlarini oshkor qilishga vada bergan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo