"Fenerbaxche" "Bavariya" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Tolibjon Qosimov
24 avg 2018, 21:54
"Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh Turkiyaga yo'l olishi mumkin.

"Fanatik"ning xabar berishicha, "Fenerbaxche" Myunxen klubi bilan portugaliyalikning ijarasi borasida muzokara olib bormoqda. Istambulliklar o'yinchi uchun 2,5 million evro to'lashga tayyor. Hozircha "Bavariya" ushbu taklifga javob bergani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Fanatik