Fellaini bir oydan ko'proq muddat maydonga tushmasligi mumkin
Narzulla Saydullayev
7 okt 2013
Jarohati tufayli Angliya chempionati doirasida “Sanderlend”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Maruan Fellaini tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Futbolchi Chempionlar ligasi doirasida “Shaxtyor”ga qarshi o'yinda jarohat olgan.
Agar muammoni bartaraf etish uchun jarrohlik operaciyasini o'tkazish zarur bo'lsa, unda Fellaini etti hafta mobaynida maydonga tushmasligi mumkin.