Felish qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 10:14
Kecha "Atletiko" o'z maydonida "Valensiya"ga qarshi bahs olib bordi.
Unda "matraschilar" futbolchisi Joau Felish jarohat oldi. Ma'lumotlarga qaraganda, portugaliyalik to'pig'idan olgan jarohati sababli 4-6 haftaga safdan chiqqan.
126 millionlik Felish ushbu mavsumda 11 o'yinda 3 gol kiritdi.