Felipe Melo: “Uni endi hech qachon hurmat qilmayman”

Eldor Akmurzayev
9 may 2020, 21:00
“Palmeyras” a'zosi Felipe Melo sobiq jamoadoshi Jorjo Kelliniga javob qaytardi.

Gap shundaki, Kellini Meloga “yomonlarning eng yomoni” va “chirigan olma” deya tarif bergandi.

“Menga qiziq, u aynan nimani nazarda tutgan edi. “Yuventus”da o'ynaganimda, jamoadoshlarim va rahbariyatga nisbatan yomon munosabatda bo'lishga harakat ham qilmaganman. Jorjioga kelsak, endi uni umuman hurmat qilmayman. Hurmat qilmayman ham.

U yomonlarning eng yomoni ekanligimini aytib, men bilan tez-tez urushishni xohlaganini aytdimi? Kellini doimo qo'rqoq bo'lgan. Balki u Chempionlar Ligasidan “Yuventus”ni chiqarib yuborgan “Galatasaroy” yoki “Inter”ning treblga erishgani uchun mendan g'azablanayotgandir”, deydi 36 yoshli futbolchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: gazzetta.it 1