Feliks: "Muxlislarning tribunalarga qaytayotgani muhim. "Atletiko" - muxlislarning ehtiroslari bilan oziqlanadigan jamoa"

Alisher
14 sen 2021, 13:47
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks CHL 1-tur doirasidagi "Portu"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Men bu jamoani, uning sifatlarini va qanday o'ynashini juda yaxshi bilaman va ushbu o'yinga tayyorman. Biz uchun muxlislarning tribunalarga qaytayotgani muhim.

"Atletiko" - muxlislar ehtiroslaridan oziqlanadigan jamoa. Ularning stadionda bo'lishlari juda yaxshi. Men ular oldida bu yili o'ynamadim va sabrsizlik bilan buni kutyapman.

Sog'ligimga kelsak, men bilan hammasi joyida, tiklandim va mavsumga e'tiborimni qaratganman", - deydi Feliks.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "Portu" o'yini 15 sentyabrda bo'lib o'tadi.




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca