Fekir “Liverpul” bilan kelishuvga erishdi, u bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi

8 iyun 2018, 07:35
“Liverpul” “Lion” bilan Nabil Fekir transferi borasida kelishuvga erishdi.

Qayd etilishicha, Fekir uchun “mersisayd” klubi “Lion” g'aznasiga 65 mln evro o'tkazib beradi. Bonuslar bilan mazkur mablag' 72 mln evroga yetishi mumkin.

Yakuniga etgan mavsumda Fekir 37 uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe