Fekir "Inter" o'yinchisiga aylanishi mumkin

Alisher
27 mar 2021, 12:55
"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

27 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Neradzurrilar" o'yinchi bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.

Fekir joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Estadio Deportivo