

Mirror nashri ma'lumotiga ko'ra, Nabil Fekir faoliyatini Londonning “Arsenal” klubida davom ettirishi mumkin. Futbolchining transferi 30 mln funtga baholanmoqda.
“Arsenal”ning asosiy transfer maqsadi Uilfrid Zaha bo'lib turibdi. Biroq “to'pchilar” “Kristal Pelas” so'rayotgan 100 mln funtni katta ehtimol bilan to'lay olmaydi. Shu boisdan bor e'tiborini “Lion”dan Fekirni sotib olishga qaratishi mumkin. Avvalroq Fekirga “Liverpul” ham da'vogarligi haqida xabar berilgandi.



