"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Valensiya" yarim himoyachisi Sofyan Feguliga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda futbolchining o'zi ma'lum qildi.
"Agentim "Barselona" vakillari bilan bog'landi. Ammo men e'tiborimni o'z vazifalarimga qaratib, tez orada bo'lib o'tadigan bahslarda yaxshi o'yin ko'rsatishni istayman" - deydi Feguli.