Faxriylar o'rtasida o'tkazilgan “Paxtakor – 79” xotira turniri g'olibi ma'lum

Mirjalol Normatov
9 avg 2019, 22:35
Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi va viloyat futbol akademiyasi tashabbusi bilan faxriylar o'rtasida "Paxtakor-79" xotira turniri bo'lib o'tdi.

Jumladan, musobaqaning barcha uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Oqqo'rg'on va Yuqorichirchiq tumani jamoalari hal qiluvchi finalda o'zaro to'qnash kelishdi. Unda Yuqorichirchiq tumani vakillari 2:1 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. 

Uchinchi o'rin uchun kechgan qarama-qarshilikda yangiyo'llik faxriylar Chinoz jamoasini 6:5 hisobida dog'da qoldirishdi.

Qayd etish kerak, ertaga o'smirlar o'rtasidagi "Paxtakor-79" xotira turniri ham o'z nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia