Favr Sancho va Ashrafning kelajagi borasida gapirdi
17 iyun 2020, 03:05
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr himoyachi Ashraf Hakimi va yarim himoyachi Jeydon Sanchoning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Sancho va Hakimining kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilingani yo'q. Ular hamon biz bilan qolishlari mumkin va bu men uchun juda yaxshi bo'lardi", - deb mutaxassisning so'zlarini keltirdi Liverpool Echo.