“Borussiya D” Favrni ishdan olmaydi

30 may 2020, 09:31
Lyusen Favr mavsum so'ngida Dortmund klubini tark etmaydi.

Bu haqida klub sport direktori Mixael Cork ma'lum qildi.

“Bu kabi muhokamalar klubdan tashqarida bo'lmoqda, xolos. Ayni damda murabbiyga hech qanday shubhamiz yo'q. Klubda xotirjamlik hukm surmoqda”, - deydi Cork.

Eslatib o'tamiz, “Borussiya D” ayni damda Bundesligada “Bavariya”dan 7 ochkoga ortda qolgan holda musobaqa jadvalining 2-o'rnidan joy olib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe