Fatining keyingi jamoasi deyarli aniq

Khoja
17 iyun 2025
“Barselona“ futbolchisi Ansu Fati faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

Vinger “Monako“ bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi. Fransiya jamoasi 22 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oladi.

Fati o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U maydonda atigi 298 daqiqa harakat qilgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com