Fati: "Biz barchasi uchun kurashishimiz kerak"

Alisher
27 sen 2021, 07:06
"Barselona" forvardi Ansu Fati "Levante" (3:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Kataloniyaliklarning gollaridan biriga 11 oydan so'ng maydonga qaytgan Ansu Fati mualliflik qildi.

"Biz - "Barselona". Biz barchasi uchun kurashishimiz kerak. Libosda o'ninchi raqam bilan harakat qilish g'urur. Bu menga hech qanday bosim o'tkazmaydi", - deydi Fati.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "ko'k-anorranglilar"ning 10-raqamida Lionel Messi, undan oldin esa Ronaldinyo o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo