“Farovon” – Farg'ona viloyat kubogi sohibi!

Narzulla Saydullayev
1 noya 2017
Bugun Farg'ona shahridagi “Neftchi” futbol maktabining so'niy maydonida (BO'SM) viloyat kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, hal qiluvchi bahsda Oltiariqning “Iftixor” va Marg'ilonning “Farovon” jamoalari to'qnash kelishdi. Shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda Islom Ismoilov boshchiligidagi “Farovon” jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi va bosh sovrin egasiga aylandi.

Uchrashuv yakuniga etgach, g'olib jamoaga Farg'ona viloyat futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Hakim Fayziev maxsus kubokni topshirdi.

Shu tariqa, Farg'ona viloyatida o'tkazilgan futbol mavsumi poyoniga etdi. Oltiariqning “Iftixor” jamoasi viloyat birinchiligi g'olibiga aylangan bo'lsa, Marg'ilonning “Farovon” klubi viloyat kubogi sohibi bo'ldi.

Farg'ona viloyati kubogi
Final
“Iftixor” – “Farovon” – 2:3.

Abror DEHQONOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz