Farhod Nishonov: "Do'stlik"ga har tomonlama yutqazdik"

Оқил Абдубарноев
23 may 2024
Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik Mobiuz" - "Do'stlik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlarini bildirdi.


"Do'stlik"ni mavsumdagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. Ular g'alabaga haqliroq edi. Avvalgi o'yinlarda ham sifatli futbol ko'rsatayotgandi. O'yinga kelsak, qaysidir joyda yaxshi harakat qildik. Umuman olganda barqarorlik yetishmayapti. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Farhod Nishonov. 

- Ikkinchi bo'limda jamoa o'yinni kuchaytirdi. Lekin oxirigacha shu tempni saqlab qola olmadi. Buning sababi nima deb o'ylaysiz?

- Zaxiradan tushganlar o'yinni o'zgartira oldi. Ayrim pallalarda barqarorlik yo'qligi pand bermoqda. Bu yosh bilan bog'liqmi yoki boshqa sababmi bilmayapmiz. "Do'stlik"ning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib futbolchilarni imkon qadar maksimal ruhiy tomonlama tayyorlashga harakat qildik. Nazariy mashg'ulotlarda raqibni o'rgandik. "Mashal", "Qo'qon-1912" bilan o'yinlarda "Do'stlik" g'alaba qozonishi kerak edi. Faqat yakunlovchi zarbalar yetishmayotgandi. Ular bor kuchini ko'rsatdi. Biz har tomonlama "Do'stlik"ka yutqazdik.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia