Farhod Mirahmatov: "Hayajon va bosim bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2017, 22:05
Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Obod" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Farhod Mirahmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi o'yin, qolaversa safarda to'p surganimiz bois, barchamizda biroz hayajon va bosim bo'ldi. Shuning uchun birinchi bo'limda o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish qila olmadik. Tanaffusdan keyin o'zimizga kelganimizda vaziyatni o'nglab, durangga erishimiz uchun bizga vaqt yetishmadi. Vaholanki, kechagi bellashuv durangga loyiq edi. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Mezbonlar uchrashuvga jiddiy  tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi. Maydonda katta ishtiyoq bilan to'p surishdi. Ammo biz ularga etarlicha qarshilik ko'rsatdik, deya olaman. Faqatgina havodagi kurashlarda yutqazdik.

"Obod" FK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia