Bobur Zuhriddinov "So'g'diyona"da ish boshladi

Tolibjon Qosimov
7 iyul 2018
"Obod" jamoasidagi murabbiylik faoliyati bilan barchaga tanish bo'lgan Bobur Zuhriddinov rasman "So'g'diyona"da yoshlar murabbiyi vazifasida ish boshladi.

Yosh va iqtidorli murabbiy bugun yoshlar jamoasini qabul qilib oldi. "Metallurg"ga qarshi bahsda jizzaxliklar o'rinbosarlarini aynan u maydonga olib chiqadi.

Bobur Zuhriddinovga futbolimiz kelajagi bo'lgan yoshlar bilan ishlashda ulkan shijoat va katta zafarlar tilaymiz!", - deyiladi "So'g'diyona" matbuot xizmati bergan xabarda.



"So'g'diyona"  PFK matbuot xizmati


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcsogdiana.uz