Farhod Abdullaev Tojikistonda, keyin Livan va Qatarga boradi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2014, 17:00
Nafaqat O'zbekistondagi, balki Markaziy Osiyodagi yagona FIFA va OFK nazoratchisi Farhod Abdullaev shu kunlarda Tojikistonning Dushanbe shahrida bo'lib turibdi.
Hamyurtimiz tojikistonlik hakamlarga seminar o'tyapti.

Abdullaev 29 mart kuni Dushanbedan to'g'ri Dubayga uchadi va u yerdan Livan poytaxti Bayrut shahriga yetib boradi. FIFA instruktori Bayrutda suriyalik referi Feras Tavilning o'yinni boshqarishini kuzatadi va OFKga o'z taassurotlarini yozma tarzda taqdim etadi.

Shundan so'ng, Farhod Abdullaev 31 mart kuni Doha shahriga yo'l oladi. Yurtdoshimiz OCHL guruh bosqich 4-turi doirasidagi Qatarning “Al Rayyan” hamda Saudiya Arabistoning “Al Shabab” jamoalari o'rtasidagi o'yinda Tan Xay boshchiligidagi xitoylik hakamlar harakatini nazorat qiladi.

Farhod Abdullaevning bizga ma'lum qilishcha, u joriy yildan Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Afg'oniston va Pokiston mamlakatlari hakamlariga FIFA tomonidan kurator etib tayinlangan. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com