Farg'onada “Paxtakor-79” xotira turniri yakunlandi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2019, 17:49
Farg'ona shahrida viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan turnirda sakkizta jamoa – “Neftchi”, “Qo'qon-1912”, “Istiqlol”, “Cementchi”, “Iftixor”, “Yozyovon lochinlari” va “Atlaschi” jamoalarining 2005-2006 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilari ishtirok etdi. 5 kun mobaynida o'tkazilgan bolalar musobaqasida “Qo'qon-1912” futbol akademiyasi yoshlari g'oliblikni qo'lga kiritdilar. G'oliblar viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida yosh futbolchilarga paxtakorchilarning 1979 yildagi fojiali halokati haqida gapirib berildi. 

Shuningdek ushbu fojiali halokat nafaqat o'zbek futbolida balki, jahon futboli uchun o'chmas iz qoldirgani takiblab o'tildi. Ushbu o'yin orqali farg'onalik futbol jamoatchiligi marhum paxtakorchilar yorqin xotirasiga o'z hurmatini izhor qildilar. O'yinlar “Istiqlol” stadioni futbol maydonida o'tkazildi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia