Farg'onada futbol faxriylari o'rtasida musobaqa o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2018, 13:09
Farg'ona viloyatida Futbol faxriylari o'rtasida mini-futbol bo'yicha “Viloyat birinchiligi” musobaqasi o'tkazildi.

Mazkur musobaqada “Farg'ona” (Farg'ona sh), “Chimyon” (Farg'ona tumani) va “Qo'qon-1912” (Qo'qon sh) jamoalari ishtirok etdilar.

Joriy yilning 25 noyabr kuni Farg'ona tumanining Chimyon qishlog'ida musobaqaning final uchrashuvlari o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra jamoalar quyidagi o'rinlarni egalladilar:

1-o'rin Farg'ona shahrining “Farg'ona” jamoasi,
2-o'rin Qo'qon shahrining “Qo'qon-1912” jamoasi,
3-o'rin Farg'ona tumanining “Chimyon” jamoasi.

Sovrindor futbol faxriylari jamoalariga va musobaqani tashkil etishda faol ishtirok etgan Farg'ona tumani 2-BO'SM yosh futbolchilariga Farg'ona viloyati “Nuroniy” jamg'armasi va viloyat Futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia