Farg'ona viloyati hokimi "Turon" klubi bilan yaqindan tanishdi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2020, 21:16
Bugun Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelayotgan "Turon" klubiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog'ida viloyat rahbari klubdagi shart-sharoitlar, futbol akademiyasi tashkillanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, klubning kelajakdagi rejalari mutasaddilar ishtirokida o'rganib chiqildi.

Shundan so'ng, viloyat hokimi “Turon” klubi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi va futbolchilar bilan yaqindan tanishdi. Xayrulla Xayitboevich PRO-Liganing navbatdagi uchrashuvlari oldidan klubga omad tilab, endilikda "Turon”ga yaqindan ishqibozlik qilishini ta'kidladi.

So'ngra viloyat hokimiga esdalik uchun klubning 12-raqamli libosi topshirildi.

Shuni aytish joizki, Xayrulla Bozorov futbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Viloyat rahbari O'zbekiston tumaniga tashrifi chog'ida bundan buyon "Turon" klubi muntazam har tomonlama qo'llab - quvvatlanishi xususida aytib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати