"Farg'ona viloyati hokimi kubogi"ning eng yaxshi hujumchisi Islombek Karimovning fikrlari

Narzulla Saydullayev
7 fev 2020, 21:32
"Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasining final bahsidan so'ng "Musobaqaning eng yaxshi hujumchisi" nominaciyasi g'olibi bo'lgan Islombek Karimov quyidagicha fikrlarni bildirdi.

"Avvalambor Farg'ona viloyatida mana shunday darajadagi musobaqani tashkillab berganliklari uchun Farg'ona viloyati hokimligi, viloyat futbol assotsiatsiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Musobaqa bosh sovrinini yutganligimiz haqida gap ketsa, oson bo'lmadi. Birinchi navbatda murabbiylarimiz ko'rsatmalariga amal qilganligimiz bizga futbol uchrashuvlarida g'alabalarni taqdim etdi. Shuningdek, butun turnir davomida bizni qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizning daldasi ham yordam berdi, g'alabada ularning ham hissasi bor. Nasib bo'lsa o'yinlarimizni yanada kuchaytirib, "Neftchi"ni Superligaga qaytarishga harakat qilamiz.

Musobaqaning "eng yaxshi hujumchisi" deb topilganim menga yana ko'proq o'z ustimda ishlashimga qo'shimcha ishtiyoq beradi. Yana bir bor barcha tashkilotchilarga va muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman - deydi Islombek Karimov.

Bekzod Tolibov yozib oldi



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia