Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2022, 22:39
Farg'onaning "Neftchi" klubi Superliga o'yinlarini Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohida o'tkazishi xaqida xabar berib o'tgan edik.

Ushbu xabar saytimizda e'lon qilingach, ko'pchilik muxlislarda "Istiqlol" stadionining ayni damdagi xolati haqida savol paydo bo'la boshladi. Saytimiz muxbiri "Istiqlol" stadioniga borib, o'yingohda amalga oshirilayotgan ishlardan lavha tayyorladi. 

Lavhadan ko'rinishicha, o'yingohni ta'mirlash ishlariga 100 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimi jalb etilgan. Maydon tez fursatlarda takroran foydalanishga topshirilishi uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia