Farg'ona shahrida bolalar futbol musobaqasi tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2019, 10:54
2019 yil 25-26 fevral kunlari Farg'ona shahar 1-bolalar o'smirlar sport maktabi futbol maydonida "2019-yil Faol investiciyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"ga bag'ishlab 2006-2007 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Farg'ona vodiysi ochiq Chempionat musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada jami 8 jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Ushbu musobaqani o'tkazishdan maqsad o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida do'stona munosabatlarni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni ko'llab-quvatlash, sportning futbol turini ommalashtirish kabi ustuvor masalalarni qamrab olgan.



Musobaqada Farg'ona shaxar 1-bolalar o'smirlar sport maktabi sharafini “Ipakchi” hamda “Yoshlik” jamoalari himoya  qildilar.   Shuningdek “Neftchi SK” (Farg'ona shaxri), Quva tuman BO'SM jamoasi, “Everest” (Asaka tumani), “Do'stlik” (Andijon shaxri), “Bo'ston BO'FM” (Bo'ston tumani) va “Dinamo” (Andijon shaxri) jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqa Halqaro Futbol federatsiyasining (FIFA)  qoidalariga asosan  o'tkazildi. Har bir o'yin 40 daqiqa vaqt davomida o'tkazildi.  (20 daqiqadan 2 bo'lim, 5daqiqa tanaffus) G'oliblik uchun kurash juda keskin va qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. Jamoalar 2 guruhga bo'lingan xolda o'yin o'tkazdilar. Qur'a natijasiga ko'ra:

“A” guruhi: “Ipakchi”, “Everest”, “Do'stlik”, Quva tuman BO'SM.
“B” guruhi: “Yoshlik”, “Bo'ston BO'FM”, “Dinamo”, “Neftchi SK”



Guruhlarda birinchi o'rinni egallagan jamoalar final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. O'z guruhida 2-o'rinni egallagan jamoalar esa musobaqada 3-o'rinni olish uchun bellashdilar.

Musobaqada 1-o'rin Farg'ona shahar 1-bolalar o'smirlar sport maktabining “Ipakchi”  jamoasiga nasib etdi.   2-o'rin  Andijon  shaxrining  “Dinamo”  jamoasi 3-o'rinni esa Asaka tumanining “Everest”jamoalari egalladilar.


Musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlar xamda ota-onalar o'yinlarning qiziqarli, shiddatli va murosasiz ruhda o'tganligiga guvoh bo'ldilar.

Musobaqada g'olib va sovrindor jamoalar xomiylar va Farg'ona shahar 1-BO'SM mamuriyati tomonidan I,II,III darajali diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar  bilan taqdirlanadilar.


M.Fozilov
Farg'ona shahar 1-sonli bolalar o'smirlar sport maktabi uslubchisi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia