"FarDU" Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2025, 09:42
Xabaringiz bor, Sergey Lebedev bosh murabbiyligidagi Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi 2025 yilgi mavsumdan Pro-ligada ishtirok etadi.

Ayni kunlarda tayyorgarlik jarayonini Farg'ona shahrida davom ettirayotgan jamoa yig'ini 15-fevral sanasidan boshlab Toshkent shahriga ko'chadi. 27-fevral kuniga davom etadigan mazkur o'quv yig'in mashg'ulotlarida jami 6 ta nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi. Xususan, jamoa murabbiylar shtabi rejasida 2 ta xorij klubi bilan ham o'rtoqlik o'yinini o'tkazish maqsad qilingan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia