"Fanat Superliga". "So'g'diyona" – "Andijon" 2:2

Narzulla Saydullayev
30 mar 2020, 18:15
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "So'g'diyona" – "Andijon"

"O'yin" soat 18:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. 

1-savol: 2002 yil oliy ligada eng ko'p uchrashuvda ishlagan hakam kim edi? Javob: Javob: Rashid Aytekov 19ta o'yin  (Abdulxaqov Nodir  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: 2003 yil Fransiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Fransiya terma jamoasi safida bironta ham kal futbolchi bo'lmagan. Bunga nima sabab bo'lganini aniq aytib bering.  Javob: Sababi bu ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati edi.   (ILK  "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2019 yil Superligada eng kam gol o'tkazgan klub qaysi?  Javob: “Lokomotiv” (JS  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Duayt York qaysi terma jamoa a'zosi bo'lgan? Javob: Trinidad va Tobago (Temurbek Valiev "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "So'g'diyona" – "Andijon" 2:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia