"Fanat Superliga". "Navbahor" – "Buxoro" 3:1

Narzulla Saydullayev
29 mar 2020, 15:30
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta futbolga oida savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Navbahor" – "Buxoro"

"O'yin" soat 15:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol:  JCH-2002da uchinchi o'rinni olgan jamoa qaysi? Javob: Turkiya (Shukurov Ikromjon "Navbahor" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: YCHL guruh bosqichida bir o'yinda 5ta gol urgan yagona futbolchi kim? Aynan guruh bosqichida. Javob: Luis Adriano.  (dinamo_real "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 1994 yil Oliy ligada kim nechta gol urib to'purar bo'lgan edi?  Javob: Ravshan Bozorov 26ta gol (Bobur7777  "Navbahor" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: 2005 yil Oliy ligada qaysi klub kumush medalga ega chiqqan edi? Javob: "Mashal" (Temurbek Valiev  "Navbahor" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Navbahor" – "Buxoro" 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia