"Fanat Superliga". "Nasaf" – "Buxoro" 3:2

Narzulla Saydullayev
30 mar 2020
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Nasaf" – "Buxoro"

"O'yin" soat 18:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. 

1-savol: Buffon o'z o'g'liga Tomas deb ism qo'ygan. Posbon qaysi futbolchi sharafiga o'g'liga bu ismni qo'ygan? Javob: Kamerunlik darvozabon Tomas Nkono sharafiga. (Temurbek Valiev "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: 2001-2002 yilgi mavsumda "Arsenal"ning bu futbolchisi YCHL doirasidagi 14ta o'yinning 7tasida (teng yarmida) maydonga tushgan. 1994 yilgi JCHda ishtirok etgan bu mashhur futbolchi kim? Javob: Dennis Bergkamp. Futbolchi AQSHdagi mundialga parvoz chog'ida samolyotda uchishdan qo'rqib qolgan. Aviafobiyaga chalingan futbolchi ko'pincha klubining faqat o'z maydonidagi o'yinlarida maydonga tushardi. ($Nasaflona$  "Nasaf" muxlisi birinchi to'g'ri javob berdi) 

3-savol: O'zbekiston terma jamoasida ishlagan birinchi xorijiy murabbiy kim edi?  Javob: Ubiraja Vega Da Silva (ikki jamoa muxlisi bir soniyada to'g'ri topdi)

4-savol: 2011 yil Oliy ligada eng oxirgi o'rinni olgan klub qaysi?  Javob: “So'g'diyona” (MMMReal "Nasaf" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Nasaf" – "Buxoro" 3:2


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia