"Fanat Superliga". "Andijon" – "Metallurg" 3:1

Narzulla Saydullayev
29 mar 2020, 16:05
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta futbolga oida savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Andijon" – "Metallurg"

"O'yin" soat 16:05da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol:  Jahon chempionatlarida eng ko'p 12ta medal olgan terma jamoa qaysi? Javob: Germaniya (Temurbek Valiev "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida o'ynagan yagona Sloveniya klubi qaysi? Javob "Maribor" (Temurbek Valiev "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 1997 yil Oliy ligada kim, nechta gol bilan to'purar bo'lgan? Javob: Jafar Irismetov 34ta gol. (dinamo_real "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: YCHL finalida gol urgan eng qari futbolchi kim? Javob: Paolo Maldini  (Admin_Osiyo  "Metallurg" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi: "Andijon" – "Metallurg" 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia