"Fanat Superliga". AGMK – Surxon 2:2

Narzulla Saydullayev
29 mar 2020, 15:00
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta futbolga oida savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi. 

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  AGMK – Surxon

"O'yin" soat 15:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: Qaysi yildagi Jahon chempionatida eng kam 17ta o'yin o'tkazilgan? Javob: JCH-1934 (Admin_Osiyo AGMK muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: JCH-2018da to'purar kim bo'lgan? Javob: Xarri Keyn (FC.Internazionale 1908 "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: ELCH pley-off bosqichida Lionel Messi bir o'yinda 5ta gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi. U qaysi jamoa darvozasiga 5ta gol urgan?  Javob: "Bayer" (Jamshid Jalilov AGMK muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: 1993 yil Oliy ligada kim nechta gol bilan to'purar bo'lgan edi? Javob: Rustam Do'rmonov 24ta gol (Mansur25  "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi) 

O'yin tugadi: AGMK - "Surxon" 2:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia