Falkao: "MLSdan taklif bo'lsa rad qilmasdim"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2016
"Monako" hujumchisi, hozirda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan Radamel Falkao faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligini aytdi.

"Agar MLSdan taklif bo'lsa, uni qabul qilgan bo'lardim, ammo ayni damda Yevropada to'p tepishni o'ylayapman. Bu erda yana bir necha yil qolishga umid qilyapman. MLSni kuzatyapman, Angliyada uchrashuvlarni tomosha qilish mumkin, "River Pleyt" va "Portu"dagi sobiq jamoadoshlarimni qo'llab turibman.

MLS o'sishda davom etadi deb o'ylayman, chunki hozirda u erda ko'plab yulduzlar to'p tepyapti" - deydi Falkao.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: NBC Sports