

O'yin davomida yaqqol ustunlik qilgan mezbonlar yakunda 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa "So'g'diyona" O'zbekiston Kubogi musobaqasi doirasida "lochinlar"ni 20 yildan so'ng engishga muvaffaq bo'ldi. Oxirgi marotaba jizzaxliklar 2005 yil bu natijani qayd etgan edi.
"Navbahor" kubokdagi yurishini chorak finalda to'xtatgan bo'lsa, "So'g'diyona" yarim final yo'llanmasiga ega chiqdi.



