FAKT. "Navbahor" bu mavsumda Namanganda ilk bor mag'lubiyatga uchradi

Iskandarov Abdulaziz
11 avg 2023, 12:50
Superliganing 16-turida "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda Samvel Babayan shogirdlari 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Shu tariqa "Navbahor" joriy mavsumda ilk bor o'z maydonida ochko yo'qotdi.  "Lochinlar" bunga qadar Namanganda o'tgan barcha 7ta o'yinda g'alaba qozongan edi.  Raqiblar darvozasiga 14ta gol urgan, 1ta golo'tkazib yuborgandi. "Lochinlar"ga mehmondagi yagona golni "Olimpik" urgandi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia