Fakt: "Dinamo" Samarqandda 17 yildan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
6 iyul 2025, 11:48
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuviga qiziqish yuqori.

Jamoalar shu kunga qadar Superligada 44 marta to'qnashgan.  Tarixiga nazar tashlasak, ustunlik mutlaqo "Nasaf" tomonida. "Ajdarlar" 23 uchrashuvda g'alaba qozongan, "Dinamo" 8 bor zafar quchgan, 13 bellashuv durang bilan yakunlangan.

Samarqandda o'tgan 22 uchrashuvdan 8 tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, 5 o'yinda esa mezbonlar - "Dinamo" 3 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Qolgan 9 bellashuvda jamoalar bir ochkodan bo'lishib olgan.

Qizig'i shundaki, "Dinamo" raqibini o'z uyida oxirgi marta 2008 yilda mag'lub etgan - o'shandagi 3:0 hisobidagi g'alaba qayd etilgan. Bugungi uchrashuv 20:00 Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia