Fakt. Angliya oxirgi 5 ta o'yinning faqat bittasida yutdi. Kecha jamoa o'z uyida Islandiyaga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2024, 11:56
Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Angliya terma jamoasi kecha Islandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Londondagi "Uembli" stadionida o'tgan bahsda Garet Sautgeyt shogirdlari 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. Yagona gol 12-daqiqada Torsteynsson tomonidan urildi.

E'tiborlisi Angliya terma jamoasi oxirgi 5 ta o'yindan faqat bittasida g'alaba qozondi.

Shimoliy Makedoniya - Angliya 1:1
Angliya - Braziliya 0:1
Angliya - Belgiya 2:2
Angliya - Bosniya va Gertsegovina 3:0
Angliya - Islandiya 0:1

Ma'lumot uchun, inglizlar Yevropa chempionati guruh bosqichida Serbiya, Daniya va Irlandiyaga qarshi o'ynashadi.




Angliya – Islandiya 0:1
7 iyun, 23.45, Uembli
Gol
: 0:1 – 12 Torsteynsson.
Angliya – Remsdeyl, Uoker (Aleksander-Arnold, 64), Stounz (Konsa, 46), Gexi, Tripper (Gomes, 64), Rays, Foden, Palmer (Eze, 77), Maynu, Gordon (Saka, 65), Keyn (Touni, 64).
Islandiya – Valdimarsson, Ingason, Gretarsson, Finnsson, Gudmundsson (Sigurdsson, 83), Traustason, Anderson (Tourdarson, 64), Xaraldsson (Youxannesson, 83), Byarkason, Torsteynsson (Fridriksson, 90), Gudonsen.
Ogohlantirishlar: Ingason (45+1), Xaraldsson (79), Finnsson (81).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia