Fabrisio Kolochchini: "Yaxshiyam hayot meni "Nyukasl"da qolishga majbur qilgan"

Tolibjon Qosimov
14 dek 2013, 13:55
"Nyukasl" himoyachisi Fabrisio Kolochchini "Nyukasl"da qolganidan afsuslanmasligini ta'kidladi.
Avvalroq argentinalik futbolchi oilaviy sabablarga ko'ra uni "San-Lorenso"ga qo'yib yuborishlarini so'ragan, biroq transfer amalga oshmay qolgandi.

"O'tgan yil avvalida Argentinaga qaytish haqida jiddiy o'ylagandim. Bunga etarlicha sabablarim bor edi. Biroq oqibatda "Nyukaslda qolishimga to'g'ri keldi va hozir bundan zarracha ham afsuslanmayman. Yaxshiyamki, hayot menga Angliyada qolsam yaxshiroq bo'lishini tushunishim uchun imkon berdi. "Zag'izg'onlar" bilan o'artnomamni ohirigacha bajarishni rejalashtiryapman", dedi Kolochchini.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru