
Uchrashuvning 55-daqiqasida meni jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Lekin o'yinni boshqarib borgan Entoni Teylor negadir meni simulyaciya qilganlikda ayblab, ogohlantirish ko'rsatdi. Teylorning bu hakamligi faoliyatidagi eng yomon uchrashuvlardan biri bo'lsa ajab emas. Hakam bugun juda ko'p noto'g'ri qarorlar qabul qildi. Menimcha, u kechasi tinch uxlay olmasa kerak.