Fabregas: "Mourinyo 10 daqiqa ichida meni "Chelsi"ga o'tishga ko'ndirdi"

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2015, 18:20
"Arsenal" va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregasning takidlashicha, u "Chelsi"ga o'tganidan afsusda emas.

"Bir necha oy oldin o'zimni "Chelsi"da tasavvur qila olmasdim. Ammo futbolda kelajak haqida gapirib bo'lmaydi. Bu qarorga kelish qiyin bo'lmadi, o'sha paytda o'zim haqimda o'yladim. Mourinyo bilan suhbatlashdim va u meni 10 daqiqa ichida "Chelsi"ga o'tishga ko'ndirdi. U meni jamoada juda yaxshi qabul qildi va unga ishonchi uchun rahmat aytmoqchiman" - deydi Fabregas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com