Fabregas Mbappe uchun ideal klub nomini aytdi

Alisher
6 may 2020
"Monako" xavbeki Sesk Fabregas PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

"Kilian - men bir jamoada o'ynashni xohlaydigan forvardlardan biri. Bu yigit dunyodagi eng kuchli futbolchi bo'lmoqchi. Uning o'yinini tomosha qilish ajoyibdir.

Men Mbappeni "Real"ga ideal tarzda mos tushadi deb o'ylayman. "Barselona"ga ham, ammo unga ko'proq "galaktikos" to'g'ri keladi", - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, hujumchining Parij grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Kilian joriy mavsum Fransiya chempionatida 20ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 6ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo